Iqtisod

Özbekiston va Ömon transport aloqalarini kengaytirişni muhokama qildi

Özbekiston va Ömon transport aloqalarini kengaytirişni muhokama qildi
Özbekiston va Ömon transport aloqalarini kengaytirişni muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Ömon aviaqatnovlar, yuk taşiş hajmini oşiriş hamda transport sohasidagi hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Muzokaralar Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ummonga davlat taşrifi doirasida bölib ötdi. Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Ummon transport, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Said bin Hamud bin Said al-Mavoliy bilan uçraşdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati, erişilgan natijalar va kelgusi hamkorlikning ustuvor yönalişlarini körib çiqdi.

Ummon tomoni Özbekiston bilan transport-logistika sohasidagi aloqalarni mustahkamlaşdan manfaatdorligini bildirdi. Xususan, ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlar sonini köpaytiriş va yangi yönalişlarni oçiş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda özaro savdo hajmini kengaytiriş maqsadida havo orqali yuk taşiş imkoniyatlaridan foydalaniş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Vazirlar, şuningdek, yangi ikki tomonlama şartnoma va bitimlarni tayyorlaş hamda imzolaş imkoniyatlarini körib çiqdi. Bundan taşqari, özaro manfaatli qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Ummon tomoni Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantiriş, mamlakat bozorida faoliyat yuritiş va mavjud imkoniyatlardan foydalanişdan manfaatdorligini tasdiqladi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar transport-logistika hamkorligini rivojlantiriş, yangi taşabbuslarni ilgari suriş va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş böyiça birgalikdagi işlarni davom ettirişga kelişib oldi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.