7
Iqtisod

Özbekiston va Ömon iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbolli yönalişlari belgilab olindi

Özbekiston va Ömon iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbolli yönalişlari belgilab olindi
Özbekiston va Ömon iqtisodiy hamkorligining yangi istiqbolli yönalişlari belgilab olindi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ömon biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi.

Tadbirda Ömon Sultonligi Boş vaziri örinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said, ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, yetakçi kompaniyalar, moliya institutlari va işbilarmon doiralar vakillari qatnaşdi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar va erişilgan kelişuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirdi.

Joriy yilda özaro savdo hajmi sezilarli oşgani, biroq mavjud iqtisodiy salohiyat hali töliq işga solinmagani ta’kidlandi. Şu munosabat bilan yaqin istiqbolda tovar ayirboşlaşni 1 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib belgilangani qayd etildi.

Taşrif doirasida umumiy qiymati 5 milliard dollarlik aniq loyihalar portfeli şakllantirildi. Prezidentimiz eng muhimi kelişuvlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi ekanini alohida ta’kidladi.

Şu maqsadda sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, zamonaviy şaharsozlik va turizm, mineral resurslarni özlaştiriş, şuningdek, moliya va raqamli texnologiyalar sohalari hamkorlikning beşta ustuvor yönalişi sifatida taklif etildi.

Xususan, elektrotexnika sohasida Ömon kompaniyalari bilan kabel va transformator mahsulotlarini birgalikda işlab çiqariş hamda ularni qöşni mamlakatlarga eksport qiliş böyiça kelişuvlarga erişilgani qayd etildi.

Transport-logistika yönalişida Ömonning dengiz portlari va Özbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik imkoniyatlarini birlaştiriş muhimligi qayd etildi. Sohar şahrida logistika infratuzilmasini barpo etiş, yagona savdo-logistika platformasini şakllantiriş, şuningdek, aviaqatnovlarni köpaytiriş va yuk taşiş reyslarini yölga qöyiş taklif etildi.

Ömon investorlarining Yangi Toşkent loyihasidagi iştiroki yuqori baholandi. Yangi şaharda barpo etiladigan “Masqat” mavzesi ikki xalq döstligining yorqin ramziga aylanişiga işonç bildirildi.

Kimyo sanoati, geologiya-qidiruv işlari va mineral resurslarni çuqur qayta işlaş sohalarida qöşma investitsiya loyihalari işlab çiqilgani ta’kidlandi.

Moliya va raqamli texnologiyalar yönalişidagi amaliy hamkorlik ham kengaymoqda. Jumladan, sun’iy yöldoşlarni uçiriş böyiça qöşma korxona taşkil etiş ustida iş olib borilmoqda.

Prezidentimiz ömonlik işbilarmonlarni Özbekistondagi istiqbolli loyihalarda faol iştirok etişga taklif etib, har bir investor uçun qulay va işonçli muhit yaratiş, qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.

Öz navbatida, Ömonda tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar uçun yaratilgan keng imkoniyatlar yuqori baholanib, özbekistonlik kompaniyalar uşbu mamlakat bozoriga faol kirib borişga da’vat etildi.

Forum ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.