Moliya

Özbekistonda valyuta taklifi talabdan tezroq ösmoqda

Özbekistonda valyuta taklifi talabdan tezroq ösmoqda
Özbekistonda valyuta taklifi talabdan tezroq ösmoqda / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida Özbekiston içki valyuta bozorida valyuta sotuvi 22 foizga oşib, 50,4 mlrd dollarga yetdi. Valyutaga bölgan talab esa 20 foizga ösib, 58,2 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu haqda Özbekiston Markaziy banki xabar berdi.

Uşbu ma’lumotlarni Markaziy bank Monetar operatsiyalar departamenti boşqarmasi boşliği Farhod Ortiqov OAV uçun kontent tayyorlaş markazida ötkazilgan brifingda ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, biznes va aholi tomonidan valyuta taklifi unga bölgan talabga nisbatan tezroq ösgan.

Korxonalar hisobot davrida 45,8 mlrd dollarlik valyuta sotib oldi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 18 foiz köpdir. Uşbu mablağning qariyb yarmi — 21,8 mlrd dollari işlab çiqariş uçun xomaşyo va xizmatlar importiga yönaltirilgan. Yana 13,9 mlrd dollar xorijiy valyutadagi kreditlarni söndirişga, 8,3 mlrd dollar esa iste’mol tovarlari va dori vositalarini import qilişga sarflangan.

Yuridik şaxslar tomonidan valyuta sotuvi 24 foizga oşib, 29,3 mlrd dollarga yetdi. Tadbirkorlik subyektlari eksport tuşumlari hisobidan 11 mlrd dollarlik valyuta sotdi. Bu ötgan yilgi körsatkiçdan 36 foiz köp. Valyuta kreditlari hisobidan esa kompaniyalar 8,8 mlrd dollar sotgan bölib, ösiş 21 foizni taşkil etdi.

Aholi banklarga 21,1 mlrd dollarlik valyuta sotdi va ulardan 12,4 mlrd dollar sotib oldi. Natijada banklar foydasiga 8,7 mlrd dollarlik ijobiy saldo şakllandi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 11 foiz köpdir.

Transçegaraviy pul ötkazmalari orqali mamlakatga 17 mlrd dollar kelib tuşgan, mamlakatdan esa 2,2 mlrd dollar çiqib ketgan. Pul ötkazmalari böyiça ijobiy saldo 14,8 mlrd dollarga yetgan.

Hisobot davrida sömning dollarga nisbatan almaşuv kursi 11 765 sömdan 12 320 sömgaça özgarib turgan. Oktyabr oyi yakunida esa 1 dollar 12 023 sömni taşkil etgan.

Markaziy bank valyuta bozorida amalga oşirilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumot berdi. Xalqaro ekspertlar kömagida regulyator 2026–2030 yillarga möljallangan içki bozordagi valyuta operatsiyalari va intervensiyalar strategiyasini işlab çiqdi. Unga muvofiq, Markaziy bank oltin xaridi bilan boğliq valyutani «Amerika auksioni» mexanizmi orqali sotmoqda. Bunday sotuvlar hajmi oldindan e’lon qilinadi, bitimlar esa turli narxlarda amalga oşiriladi.

Valyuta operatsiyalari va intervensiyalar risklarga yönaltirilgan yondaşuv asosida amalga oşiriladigan böldi. Valyuta birjasida savdo ötkaziş vaqti ham uzaytirildi.

Bozordagi faol iştirokçilar, ya’ni market-meykerlar soni ikkitadan beştaga yetdi. 2025 yil yakunida valyuta bozori hajmi YAIMning 77 foizini taşkil etdi. 2019 yilda bu körsatkiç 39 foiz edi. Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni esa 29 mingtadan 90 mingtaga köpaydi.

Iyun oyida Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) IV modda böyiça navbatdagi maslahatlaşuvlar yakunlari asosida sömning valyuta kursi rejimini “sirğaluvçi” rejim toifasidan “suzuvçi” rejim toifasiga ötkazdi.

«Bu milliy valyuta kursi davlat aralaşuvisiz içki bozordagi bozor mexanizmlari asosida şakllanayotganining xalqaro miqyosda tan olinişidir», — dedi Ortiqov.

Keyingi bosqiçda Markaziy bank valyuta va foiz stavkalari bilan boğliq risklarni boşqariş hamda hosilaviy moliyaviy instrumentlar — derivativlarni joriy etiş bilan şuğullanadi.

Regulyator, şuningdek, bozorda barqaror likvidlikni ta’minlaş va mahalliy kompaniyalarning taşqi xatarlarga nisbatan bardoşliligini oşirişni maqsad qilgan.

Ortiqovning ta’kidlaşiça, uşbu çora-tadbirlar valyuta bozorining çuqurligi, şaffofligi va barqarorligini oşiriş, şuningdek, biznes uçun yana-da qulay şaroitlar yaratişga xizmat qilişi kerak.

 

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.