7
Iqtisod

Farğona viloyatida Xitoy kompaniyasi bilan elektromobillar işlab çiqariş masalasi muhokama qilindi

Farğona viloyatida Xitoy kompaniyasi bilan elektromobillar işlab çiqariş masalasi muhokama qilindi
Farğona viloyatida Xitoy kompaniyasi bilan elektromobillar işlab çiqariş masalasi muhokama qilindi / Foto: Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyatida Xitoyning Hebei Şenghuo Electric Vehicle Co., Ltd. kompaniyasi iştirokida elektr transport vositalarini işlab çiqarişni taşkil etiş istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.

25 noyabr kuni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kompaniyaning boşqaruvçi menejeri Duo Yatsi boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv davomida tomonlar istiqbolli işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Xitoylik tadbirkorlar elektr dvigatellari bilan jihozlangan transport vositalarini işlab çiqariş böyiça takliflarini taqdim etib, Özbekistonda işlab çiqarişni mahalliylaştiriş istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Xayrullo Bozorov har bir investitsiya loyihasini zamonaviy talablar, mahsulot sifati va iqtisodiy samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda puxta işlab çiqiş zarurligini ta’kidladi.

Şu bilan birga, viloyat hokimi özaro manfaatli taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.

Uçraşuv iştirokçilari, şuningdek, Farğona viloyatining Danğara tumanida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyiha doirasida hamkorlikning keyingi bosqiçlarini kelişib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.