Iqtisod

Toşkentda Özbekiston va Turkiya biznes-forumi bölib ötdi

Toşkentda Özbekiston va Turkiya biznes-forumi bölib ötdi
Toşkentda Özbekiston va Turkiya biznes-forumi bölib ötdi / Foto: Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça Oliy darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi doirasida Özbekiston — Turkiya biznes-forumi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Tadbirda Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mehmet Fotih Kaçir iştirok etdi.

Forumda tegişli idoralar vakillari, Özbekistonning 200 dan ortiq kompaniyasi rahbarlari hamda Turkiya biznes doiralarining 180 dan ziyod vakili jam böldi.

Iştirokçilar orasida OYAK, Anadolu Group, Çalık Holding, Aksa Energy, Cengiz Enerji, Tekfen Holding va Trendyol kompaniyalarining rahbarlari hamda vakillari bor edi.

Muhokamalarning asosiy mavzulari savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişdan iborat böldi. Iştirokçilar energetika, transport, toğ-kon sanoati, maşinasozlik, farmatsevtika, qişloq xöjaligi va qayta işlaş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.

Raqamli iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Forum yakunlari böyiça sanoat, farmatsevtika, quriliş, raqamli iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar sohalarini qamrab olgan önta ikki tomonlama hujjat almaşildi.

Dastur doirasida B2B va G2B formatlarida muzokaralar ham ötkazildi. Ularda investitsiya taşabbuslari, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hamda texnologik şeriklik istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.