Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati va Yaponiyaning Ayti prefekturasi mintaqalararo hamkorlikni kengaytiriş hamda qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hamkorlik masalalari Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Ayti prefekturasi gubernatori Xideaki Omúra örtasida Yaponiyada bölib ötgan uçraşuvda körib çiqildi.
Tomonlar avtomobilsozlik, elektrotexnika, sanoat uskunalari va quriliş materiallari işlab çiqariş sohalarida hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratdi. Şuningdek, Yaponiya kompaniyalari iştirokida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatida qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va startaplar ham alohida mavzu böldi. Uçraşuv iştirokçilari prefekturada faoliyat yuritayotgan ixtisoslaştirilgan markazlar tajribasini örganiş va işlanmalar almaşinuvini yölga qöyişni taklif qildi.
Ta’lim sohasida Nagoya universiteti va boşqa ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytiriş masalasi muhokama qilindi.
Yaponiya kompaniyalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda muhandislik, axborot texnologiyalari va kasb-hunar ta’limi yönalişlarida mutaxassislar tayyorlaş masalasiga ham töxtalib ötildi.
Hamkorlikni tizimli rivojlantiriş maqsadida 2027–2029 yillarga möljallangan qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş va ikki mintaqa vakillaridan iborat işçi guruh tuziş taklif etildi. Uşbu guruh ustuvor investitsiya loyihalarini belgilaşi kerak.
Bundan taşqari, Özbekiston tomoni Ayti prefekturasining işbilarmon doiralari iştirokida Toşkent viloyatida biznes-forum ötkaziş va Yaponiya biznes delegatsiyasining taşrifini taşkil etiş taşabbusi bilan çiqdi.