O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Yangi Toshkentdagi favvora Ginnesning ikki rekordini o‘rnatdi

Dilafro'z Niyazova · 30.08.2026 · 11:10 · 39 views
Yangi Toshkentdagi favvora Ginnesning ikki rekordini o‘rnatdi
Yangi Toshkentdagi favvora Ginnesning ikki rekordini o‘rnatdi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Yangi Toshkentdagi musiqali favvora bir vaqtning o‘zida Guinness World Records‘ning ikki jahon rekordini o‘rnatdi. U ochiq havodagi musiqali favvoralar orasida dunyodagi eng baland favvora sifatida tan olindi, shuningdek, aylana shaklidagi suv ekraniga proyeksiya qilish hajmi bo‘yicha ham rekord o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi xabar berdi.

Musiqali favvoraning balandligi 232,69 metrni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u avvalgi jahon rekordini yangiladi. Avvalgi rekord 204,7 metr bo‘lib, Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi favvoraga tegishli edi.

Ikkinchi rekord maydoni 2617,23 kvadrat metr bo‘lgan aylana shaklidagi suv ekraniga proyeksiya qilish bilan bog‘liq. Bunday turdagi proyeksiya uchun avvalgi rekord 2400 kvadrat metrni tashkil etgan.

Ikki rekordni tasdiqlovchi sertifikatlarni Guinness World Records‘ning rasmiy hakami Meggi Luo topshirdi.

Yangi Toshkentda favvora majmuasini barpo etish loyihasi 2026 yil mart oyida O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etilgan edi.