Shoshilinch
O‘zbekiston

Narbaeva va Satyartxi bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi

Narbaeva va Satyartxi bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi
Narbaeva va Satyartxi bolalar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi doirasida Global mehr-shavqat uchun Satyartxi harakati bosh direktori Asmita Satyartxi xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma seminarlar, ekspertlar uchrashuvlari va parlament muhokamalarini tashkil etish imkoniyatlariga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, yosh ayol yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy liderlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.