Abdumajid Shermuhamedov Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Polkovnik Abdumajid Mavlyanovich Shermuhamedov Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shermuhamedov yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati IIBga rahbarlik qilgan.
Yangi rahbarga hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish asosida uni yana-da yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Ustuvor vazifalar qatorida jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholining murojaatlari bilan manzilli ishlash va fuqarolarning qoniqish darajasini oshirish belgilangan.
Bundan tashqari, IIB rahbaridan mavjud muammolarni aniqlash va ularning tizimli hal etilishini taʼminlash talab etilmoqda.
Andijon viloyati shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga ham mazkur yo‘nalishlarda profilaktika va amaliy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.