O‘zbekiston

Sirdaryo viloyati hokimligi hokim vazifasini bajaruvchini tayinlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqidagi xabarni rad etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Bosh vaziri ishtirokida 12 oktyabr kuni viloyat hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini maʼlum qildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligining rasmiy bayonotida aytilgan.

Hujjatda aniqlashtirilishicha, 12 oktyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Sirdaryo viloyatida hech qanday yig‘ilish o‘tkazmagan.

Avvalroq bir qator rasmiy va norasmiy kanallarda viloyat hokimligida hukumat rahbari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hudud hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlangani haqida maʼlumot tarqalgan edi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.