Borщagovskiy kimyo-farmatsevtika zavodi O‘zbekistondagi loyihalarni o‘rganadi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Ukrainaning Borщagovskiy kimyo-farmatsevtika zavodi farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuv Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Abdulla Azizov O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun ochiq ekanini va farmatsevtika sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, texnologiyalar almashinuvi va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Keyingi hamkorlik ikki mamlakat farmatsevtika kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilshi kutilmoqda.