O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobarga oshirdi

Dilafro'z Niyazova · 27.08.2026 · 12:05 · 29 views
O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobarga oshirdi
O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobarga oshirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2026 yil yanvar–iyun oylarida xorijga 4,1 ming tonna limon eksport qildi. Ularning umumiy qiymati 4,2 million dollarni tashkil etdi. Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

 

Eksportning eng yirik yo‘nalishi Qozog‘iston bo‘ldi. Yilning dastlabki olti oyida ushbu mamlakatga 2,3 ming tonna limon yetkazib berildi.

Rossiya 1,7 ming tonna limon importi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Qirg‘izistonga esa O‘zbekistondan 163,7 tonna limon eksport qilindi.

Boshqa davlatlarga yetkazib berilgan limon hajmi ancha kam bo‘ldi. Afg‘onistonga 18 tonna, Birlashgan Arab Amirliklariga 2,4 tonna limon jo‘natilgan. Yana 3 tonna boshqa yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi.

Shu tariqa, 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston eksport qilgan jami 4,1 ming tonna limonning qariyb 4 ming tonnasi Qozog‘iston va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.