Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — «Toşkent metropoliteni» AJ “Paxtakor” metro bekatida yölovçilar tirbandligini tiğiz vaqtda ikkita poyezdning bir vaqtda kelib qolişi bilan izohladi. Hodisa 20 oktyabr kuni taxminan soat 17:43 da sodir bölgan.
Metropoliten ma’lumotiga köra, yölovçilar oqimining köpayişi vaqtinçalik xususiyatga ega bölgan. Korxonada ta’kidlanişiça, bunday holatlar bekatlarda yölovçilar köp bölgan vaqtlarda yuzaga keladi va odatda bir neça daqiqa içida yölovçilar harakati me’yorlaşadi.
Toşkent metrosida kunlik yölovçilar oqimi 1,2 million kişidan oşişini hisobga olgan holda, korxona odamlar töplanib qolişini kamaytiriş va safarlar qulayligini oşiriş maqsadida poyezdlar harakati orasidagi intervallarni qisqartiriş çoralarini körmoqda.
Rejaga köra, poyezdlar harakati orasidagi intervallar Qatortol yönalişida 1,5–2 daqiqagaça, Özbekiston yönalişida 3 daqiqagaça, Yunusobod yönalişida 4 daqiqagaça, Yer usti halqa yönalişida esa 7–8 daqiqagaça bölişi belgilangan.
Metropoliten yölovçilar oqimini tartibga soliş, poyezdlarning barqaror harakatini ta’minlaş, şuningdek, taşiş xavfsizligi va qulayligini oşiriş böyiça işlar davom etayotganini ma’lum qildi.
Maqola sarlavhasi: Toşkent metrosi “Paxtakor” bekatidagi tirbandlikni izohladi