Shoshilinch
Turizm

Özbekistonda Google Pay işga tuşdi, Apple Pay esa navbatda

Özbekistonda Google Pay işga tuşdi, Apple Pay esa navbatda
Özbekistonda Google Pay işga tuşdi, Apple Pay esa navbatda / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda Google Pay tölov xizmati işga tuşirildi. Endi xorijlik sayyohlar smartfonlari orqali kontaktsiz tölovlarni amalga oşirişlari mumkin. Yaqin kunlarda Apple Pay xizmatini ham işga tuşiriş kutilmoqda. Ayni paytda Markaziy bank, tijorat banklari hamda HUMO va Uzcard tölov tizimlari uni joriy etiş böyiça texnik işlarni olib bormoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi xabar berdi.

Qömita ma’lum qilişiça, mazkur xizmatlarning işga tuşirilişi xorijiy sayyohlar uçun qulay şaroit yaratiş, jumladan, yetakçi xalqaro tölov tizimlarini milliy infratuzilmaga integratsiya qiliş böyiça işlar davomidir. Asosiy maqsad — sayyohlarga Özbekistonda ham özlari odatlangan va işonçli tölov vositalaridan foydalaniş imkonini beriş.

Xitoy va Hindiston bozorlariga alohida e’tibor qaratilmoqda, çunki uşbu mamlakatlardan keladigan sayyohlar oqimi sezilarli darajada oşişi kutilmoqda. Şu maqsadda Alipay+ va NPCI International tölov tizimlari bilan integratsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Avgust oyida HUMO infratuzilmasida Alipay+ tölov şlyuzi işga tuşirildi. Endi Alipay foydalanuvçilari va unga ulangan elektron hamyonlar egalari, birinçi navbatda, xitoylik sayyohlar Özbekistonda UZQR orqali tölovlarni amalga oşirişlari mumkin.

Yaqinda Hindistonning Mumbay şahrida bölib ötgan Global Finteç Fest 2026 forumida HUMO va Hindistonning NPCI International kompaniyalari rahbariyati çegaralararo QR-tölovlar böyiça kelişuvni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi. Loyiha UZQR tizimini Hindistonning UPI tölov tizimi bilan birlaştiradi. Bu hindistonlik sayyohlarga özlari odatlangan ilovalar orqali QR-kodlarni skanerlaş va Özbekistonda tovar hamda xizmatlar uçun haq tölaş imkonini beradi.

Turizm qömitasi baholaşiça, uşbu çoralar xorijiy mehmonlarning naqd pul va xalqaro bank kartalariga bölgan ehtiyojini kamaytiradi, Özbekistonni sayohat uçun yana-da oçiq va qulay manzilga aylantiradi hamda mamlakatning sayyohlik salohiyatini töliqroq namoyon etişga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.