Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 22 oktyabr holatiga köra, Özbekistonda 4 million 630 ming tonna paxta terib olindi. Bu rejalaştirilgan hajmning 103 foizini taşkil etadi. Şundan 3 million 515 ming 597 tonna paxta qariyb 3 mingta zamonaviy paxta teriş maşinasi yordamida yiğib olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Mamlakat böyiça paxta terimini mexanizatsiyalaş darajasi örtaça 76 foizni taşkil etdi. Hududlar kesimida bu körsatkiç 61 foizdan 98,5 foizgaça böldi. Eng yuqori natija Jizzax viloyatida qayd etildi: bu yerda hosilning 98,5 foizi maşinalar yordamida terib olindi. Sirdaryo viloyatida mazkur körsatkiç 94,2 foizni, Toşkent viloyatida esa 81,2 foizni taşkil qildi.
Paxta terimi davom etmoqda. Jumladan, 49 ming gektardan ortiq maydonda birinçi terim olib borilmoqda. Vazirlik ma’lum qilişiça, hosilni nobudgarçiliksiz yiğib olişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Vazirlik mavsum natijalarini Prezident tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş va ilm-fan yutuqlaridan foydalaniş böyiça belgilangan vazifalarning amalga oşirilişi bilan boğlamoqda. Bundan taşqari, yil davomida barça hududlardagi paxta maydonlarida amaliy seminarlar ötkazildi, işlab çiqarişga olim-paxtakorlarning ilmiy tavsiyalari va ilğor tajribalari joriy etildi.