O‘zbekiston

Uzcosmos va JICA Yaponiyada taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Uzcosmos va JICA Yaponiyada taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
Uzcosmos va JICA Yaponiyada taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Uzcosmos‘ning yosh mutaxassislari Toshkentda Yamaguchi universiteti professori Masaxiko Nagai bilan uchrashib, Yaponiyada taʼlim olish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuvda JICA Development Studies Program grant dasturiga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur dastur Yaponiya universitetlarida taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi.

2027 yildan boshlab dastur ishtirokchilari ikki yillik magistratura yoki uch yillik doktorantura dasturlari bo‘yicha tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.

Dastur Uzcosmos‘ning yosh mutaxassislari uchun Yaponiyada taʼlim olish va kasbiy bilimlarini oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.