Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-15 o‘smirlar terma jamoasining 22–31 oktyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati va festivalidagi o‘yin sanalari eʼlon qilindi.
24 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Ganaga qarshi maydonga tushadi.
25 oktyabr kuni jamoa ikki uchrashuv o‘tkazadi. O‘zbekiston terma jamoasi Bagama orollari va Qozog‘istonga qarshi bahs olib boradi.
26 oktyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Guam va Myanmaga qarshi o‘ynaydi.
Festivalda 191 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Uchrashuvlar 8×8 formatida o‘tkaziladi va har biri 20 daqiqadan iborat ikki taymdan tashkil topadi.