Sport

Shomurodov “Bashakshexir”ning g‘alabali uchrashuvida dubl qayd etdi

Shomurodov “Bashakshexir”ning g‘alabali uchrashuvida dubl qayd etdi
Shomurodov “Bashakshexir”ning g‘alabali uchrashuvida dubl qayd etdi / Foto: “Bashakshexir”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi kapitani Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining 5-turida Istanbulning “Bashakshexir” klubi safida dubl qayd etdi.

“Bashakshexir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi”ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Skev Olsen 9-daqiqada hisobni ochdi. Eldor Shomurodov 33-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi. U jarima maydoni markazida to‘pni qabul qilib, burilib zarba berdi va raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida Selke penaltini aniq amalga oshirib, “Bashakshexir”ning ustunligini oshirdi.

Eldor Shomurodov 65-daqiqada ikkinchi golini urdi. U Skev Olsendan uzatma qabul qilib, himoyachilarni ortda qoldirdi va aniq zarba bilan to‘pni darvozaga joyladi.

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev uchrashuvning 76-daqiqasida maydonga tushdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.