O‘zbekiston

Toshkent viloyatida SAT sertifikatlarini noqonuniy olishga urinishning oldi olindi

Toshkent viloyatida SAT sertifikatlarini noqonuniy olishga urinishning oldi olindi
Toshkent viloyatida SAT sertifikatlarini noqonuniy olishga urinishning oldi olindi  / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) boshqarmasi xodimlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqarolarga matematika va ingliz tili bo‘yicha xalqaro SAT sertifikatlarini noqonuniy tarzda olib berishni tashkil qilgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, guruh aʼzolarining aksariyati Toshkentdagi Yevropa universiteti filiali talabalari bo‘lgan.

Yana bir ishtirokchi Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridagi oliy taʼlim muassasasi filiali talabasi bo‘lgan. Ular Yangixayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” deb ataluvchi joy tashkil etgan.

IT kompaniyalaridan birining mutaxassisi tizimga yashirin ravishda kirib, test topshiriqlarini yechish imkoniyatini taʼminlagan.

Shundan so‘ng talabalar abituriyentlar o‘rniga masofadan turib savollarga javob bergan.

Bundan tashqari, guruh aʼzolaridan biri SAT sertifikatini olishni istagan besh nafar fuqarodan har biridan 1 500 dollardan talab qilgan.

Ulardan biridan pul kriptovalyuta hamyoni orqali olingan.

Guruh aʼzolariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.