O‘zbekiston

Turkiy davlatlar mudofaa sanoati bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qildi

Turkiy davlatlar mudofaa sanoati bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qildi
Turkiy davlatlar mudofaa sanoati bo‘yicha yo‘l xaritasini qabul qildi / Foto: O'zbekiston Mudofaa Sanoat Qo'mitasi Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bokuda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar mudofaa sanoati tuzilmalari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ADEX 2026 xalqaro mudofaa sanoati ko‘rgazmasi doirasida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi Akmal Jumanazarov, Ozarbayjon mudofaa sanoati vaziri Vugar Mustafayev, TDTga aʼzo davlatlarning tegishli idoralari rahbarlari, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ishtirok etdi.

Ishtirokchilar mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi. Xususan, kadrlar tayyorlash va muhandislik salohiyatini rivojlantirish, institutsional hamkorlik, qo‘shma ishlab chiqarish hamda sanoat kooperatsiyasi masalalariga eʼtibor qaratildi.

Mudofaa sanoatida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor berildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tomonlar Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha Yo‘l xaritasini qabul qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.