Sport

O‘zbekiston Ayti-Nago o‘yinlarida uchta kumush medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Ayti-Nago o‘yinlarida uchta kumush medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Ayti-Nago o‘yinlarida uchta kumush medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Ayti-Nago shahrida o‘tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida yana uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bir kun davomida Firdavs Atamurodov, Darya Latisheva va Xilola Sobirova O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga medallar qo‘shdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Aralash yakkakurash (MMA) musobaqasining “modern” yo‘nalishida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Firdavs Atamurodov kumush medal sohibi bo‘ldi. U finalda Tojikiston vakili Mirzobek Umarovga mag‘lub bo‘ldi. Ushbu medal O‘zbekiston terma jamoasining mazkur Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi kumush medali bo‘ldi.

Ushu bo‘yicha musobaqalarning ko‘rgazmali dasturida Darya Latisheva kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 19,413 ball jamg‘ardi. Ushu bo‘yicha sport ustasi uchun ushbu medal joriy Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medal bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasiga yana bir kumush medalni ayollar o‘rtasida MMAning anʼanaviy yo‘nalishida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Xilola Sobirova olib keldi. U final janggida Singapur vakili Xun Teoga mag‘lub bo‘ldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.