Moliya

“Ipoteka-bank” Siyovush Tekstil qarzining €6 mlndan ortig‘ini hisobdan chiqardi

“Ipoteka-bank” Siyovush Tekstil qarzining €6 mlndan ortig‘ini hisobdan chiqardi
“Ipoteka-bank” Siyovush Tekstil qarzining €6 mlndan ortig‘ini hisobdan chiqardi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Ipoteka-bank” aksiyadorlari «Siyovush Tekstil Buxoro» MCHJning muddati o‘tgan kredit qarzdorligining 3,8 mln dollar va 2,8 mln yevro miqdoridagi qismini hisobdan chiqarishni maʼqulladi. Hisobdan chiqariladigan umumiy summa 6 mln yevrodan ortiqni tashkil etadi. Qaror 2026 yil 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilindi.

Asosiy qarzdorlikdan tashqari, bank kompaniyaga sudning yarashuv kelishuvi tuzilgani to‘g‘risidagi yozma qarori qabul qilingan sanadan boshlab hisoblangan foizlar va jarimalarni ham tasdiqlangan qisman hisobdan chiqarish summasi doirasida hisobdan chiqaradi.

Yig‘ilishda aksiyadorlar Sentpeteri Adam Andrashni “Ipoteka-bank” boshqaruvi raisi lavozimiga uch yil muddatga tayinlashni ham tasdiqladi.

Bankning boshqaruv jamoasida ham o‘zgarishlar yuz berdi. 17 sentyabr kuni “Ipoteka-bank” boshqaruv raisi o‘rinbosari hamda korporativ bank xizmatlari va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimlarida ishlab kelgan Irakli Elashvilining faoliyati yakunlanganini maʼlum qildi.

Operatsion blokni boshqarish vazifalari boshqaruv raisi o‘rinbosari Dmitriy Volchekka yuklatildi.

Shu bilan birga, avval boshqaruv raisi o‘rinbosari va operatsion blok rahbari lavozimida ishlagan Maksim Bikov ham bank boshqaruvini tark etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.