Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston korporativ startaplar faolligi indeksida 77 ta davlat orasida 50-örinni egallab, Markaziy Yevroosiyoda birinçi böldi. Bu haqda xalqaro StartupBlink platformasi xabar berdi.
Reyting «Corporate Startup Activity Index 2026» hisobotiga kiritilgan. Markaziy Yevroosiyo mintaqasidan kuçli 50 talikka faqat Özbekiston kirdi.
Osiyoning eng yaxşi önta davlati reytingida respublika töqqizinçi örinni egalladi. Uşbu öntalikdan Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari joy olmagan.
Toşkent 286 ta şahar orasida 90-örinni egalladi. Mintaqaning boşqa birorta şahri kuçli 100 talikka kira olmadi.
Indeks yirik kompaniyalar startaplarga qançalik faol investitsiya kiritayotgani, akseleratsiya dasturlarini amalga oşirayotgani va yoş kompaniyalarni sotib olayotganini körsatadi. Joriy yilda reytingga ilk bor davlatlar va şaharlar ham kiritildi.
Reytingdan Özbekistonning uçta yirik taşkiloti ham örin oldi. Aloqabank 213-örinni, SQB 398-örinni, Uzcard esa 944-örinni egalladi.
Xabarda ta’kidlanişiça, uşbu natija mamlakatdagi boşqa kompaniyalarga ham startaplarga e’tibor qaratiş muhimligini körsatadi.