Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida turli maqsadlarda 24,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.
Ularning 1 642 nafari o‘qish maqsadida ushbu mamlakatga borgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Safarlarning eng katta qismini turistik tashriflar tashkil etdi — 18 662 nafar kishi. Yana 3 601 nafar O‘zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga qarindoshlarini ko‘rish uchun borgan.
Xizmat safarlarini 217 nafar kishi amalga oshirgan, 113 nafar fuqaro esa davolanish maqsadida ushbu mamlakatga yo‘l olgan.
Shunday qilib, 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida Janubiy Koreyaga safar qilgan o‘zbekistonliklar orasida o‘qish maqsadi tarqalganligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.