Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlash haqida qarorni imzoladi.
Hujjat 2026 yil 29 yanvarda Anqara shahrida imzolangan. Bu haqda Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi xabar berdi.
Kelishuv «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq tasdiqlandi.
Kelishuvni O‘zbekiston tomonidan amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilandi.
Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani, shuningdek, belgilangan vakolatli organ to‘g‘risida Turkiya tomonini xabardor qilish topshirildi.
Shartnoma kuchga kirganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlashi kerak.