O‘zbekiston

O‘zbekistonda ruxsatnomasiz qurish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etildi

O‘zbekistonda ruxsatnomasiz qurish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etildi
O‘zbekistonda ruxsatnomasiz qurish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tegishli ruxsatnomasiz ko‘p kvartirali uylarni takroran qurish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Holatga qarab, qoidabuzarlik uchun yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

O‘zgartishlar 2026 yil 28 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–1179-sonli qonun bilan kiritildi. Hujjat qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyalardan tegishli ruxsatnoma olish zarur.

Agar ko‘p kvartirali uyni ruxsatnomasiz qurish maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilsa, aybdor shaxsga uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish inson o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan holatlarda yana-da qattiqroq jazo belgilangan. Bunday qoidabuzarliklar uchun besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.