Iqtisod

O‘zbekistonda mobil telefonlar importi 19,2 foizga oshdi

O‘zbekistonda mobil telefonlar importi 19,2 foizga oshdi
O‘zbekistonda mobil telefonlar importi 19,2 foizga oshdi / Foto: Apple.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga 3,26 million dona mobil telefon import qilindi. Ularning umumiy qiymati 653,5 million dollarni tashkil etdi.

Olib kirilgan qurilmalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 527,2 ming donaga yoki 19,2 foizga oshdi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Joriy yilda bir dona mobil telefonning o‘rtacha import qiymati qariyb 200 dollarni tashkil etdi.

2025 yilning sakkiz oyida O‘zbekistonga umumiy qiymati 305,7 million dollar bo‘lgan 2,73 million dona mobil qurilma olib kirilgan. O‘shanda bir dona telefonning o‘rtacha qiymati 111,7 dollarga teng bo‘lgan.

Shu tariqa, bir yil davomida mobil telefonlarning o‘rtacha import qiymati 88,3 dollarga yoki 79 foizga oshgan.

O‘zbekistonga mobil telefon yetkazib beruvchi eng yirik davlat hanuz Xitoy bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, mobil qurilmalar Vyetnam, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlardan ham import qilinmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.