O‘zbekiston

Qozog‘iston va Xitoy chegarasida avtopunktlar vaqtincha yopiladi

Qozog‘iston va Xitoy chegarasida avtopunktlar vaqtincha yopiladi
Qozog‘iston va Xitoy chegarasida avtopunktlar vaqtincha yopiladi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘iston va Xitoy davlat chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topgani kuni munosabati bilan 2026 yil 1 oktyabrdan 3 oktyabrga qadar vaqtincha ishlamaydi.

Bu haqda Qozog‘iston Davlat daromadlar qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu davrda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali fuqarolar, transport vositalari va yuklarning chegaradan o‘tkazilishi amalga oshirilmaydi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston va Xitoy chegarasidagi temir yo‘l o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi.

Qozog‘iston Davlat daromadlar qo‘mitasi milliy tashuvchilar va davlat chegarasini kesib o‘tishni rejalashtirayotgan fuqarolarni yo‘nalishlarni belgilash va safarlarni rejalashtirishda mazkur vaqtinchalik cheklovni oldindan hisobga olishga chaqirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.