Özbekiston

Özbekiston Germaniyaning Fraunhofer-Gesellsçaft taşkiloti bilan hamkorlikni boşladi

Özbekiston Germaniyaning Fraunhofer-Gesellsçaft taşkiloti bilan hamkorlikni boşladi
Özbekiston Germaniyaning Fraunhofer-Gesellsçaft taşkiloti bilan hamkorlikni boşladi / Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston amaliy tadqiqotlar va işlanmalarni sanoatga joriy etiş sohasida Germaniyaning Fraunhofer-Gesellsçaft tadqiqot taşkiloti bilan hamkorlikni boşladi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.

18 noyabr kuni Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Toşkent arxitektura-quriliş universiteti, Fraunhofer-Gesellsçaft va Project M Foundation tört tomonlama özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.

Fraunhofer-Gesellsçaft amaliy tadqiqotlar sohasidagi Yevropaning eng yirik taşkilotlaridan biri hisoblanadi. Uning mutaxassislari sanoat korxonalari bilan hamkorlikda yangi mahsulotlarni işlab çiqadi, tajriba namunalarini yaratadi va texnologiyalarni işlab çiqarişga joriy etişga tayyorlaydi.

Fraunhofer tarmoği olimlari MP3 audio formatini işlab çiqişda ham iştirok etgan.

Keltirilgan ma’lumotlarga köra, Germaniya taşkiloti tarkibiga 74 ta institut va mustaqil tadqiqot bölinmalari kiradi. Ularda 30 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Taşkilotning yillik byudjeti 3,6 milliard yevroni taşkil etadi.

Xabarda taşkilot faoliyatining 2014 yildagi iqtisodiy körsatkiçlari ham keltirilgan. Öşa yili davlat tomonidan 1,1 milliard yevro miqdorida moliyalaştiriş ajratilgan bölsa, taşkilot faoliyati natijasida 20,1 milliard yevro qöşimça qiymat yaratilgan.

Şunday qilib, davlat tomonidan ajratilgan har bir yevro 18,3 yevro miqdorida qöşimça qiymat yaratilişiga töğri kelgan.

Bundan taşqari, ajratilgan har bir yevro Germaniyaning federal, mintaqaviy va mahalliy byudjetlariga taxminan 3,7 yevro qöşimça soliq tuşumlarini ta’minlagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.