Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining (ÖzLiDeP) Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi fraksiyasi uluşli qurilişda fuqarolar mablağlarini himoya qilişning yangi mexanizmlarini nazarda tutuvçi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda fraksiya xabarida ma’lum qilindi.
Hujjat uy-joy va boşqa köçmas mulk obyektlari qurilişiga mablağ kiritayotgan fuqarolar uçun huquqiy va moliyaviy kafolatlar yaratiş, şuningdek, qonunçilikda nazarda tutilmagan usullar orqali pul mablağlarini jalb qilişning oldini olişga qaratilgan.
Qonun loyihasi köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarining uluşli qurilişi iştirokçilari örtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Unda iştirokçilarning huquq va majburiyatlari, davlat organlarining vakolatlari hamda ularning özaro hamkorlik qiliş tartibi belgilanadi.
Fuqarolar mablağlarini himoya qilişning asosiy mexanizmlaridan biri eskrou hisobvaraqlaridan foydalaniş böladi. Uluşdorlarning pullari quriliş kompaniyasining bevosita tasarrufiga ötkazilmaydi, balki banklarda saqlanadi. Mablağlarni quriliş kompaniyasiga ötkaziş quriliş belgilangan talablarga muvofiq yakunlanib, obyekt foydalanişga topşirilganidan keyin amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Muhokama davomida deputatlar Şuxrat Şarafutdinov, Yekaterina Smesova, Dilmurod Artikov va Husan Yorqulov hujjatning ayrim qoidalari yuzasidan savollar berdi. Mas’ul idoralar vakillari kötarilgan masalalar böyiça tuşuntirişlar berdi.
Deputat Nuriddin Sultonov qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorlaşda sohaviy qömita tomonidan amalga oşirilgan işlarni ta’kidlab, hamkasblarini hujjatni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Muhokama va savollarga berilgan javoblardan söng fraksiya qonun loyihasini ma’qulladi.
Yiğilişda, şuningdek, urbanizatsiya sohasini takomillaştiriş munosabati bilan Özbekistonning Şaharsozlik kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi ham körib çiqildi.
Hujjat jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida şaharlarning rolini oşiriş, aholi turmuş sifatini, ekologik muhitni va şahar infratuzilmasini yaxşilaşni nazarda tutadi. Şaharsozlikning asosiy tamoyillaridan biri sifatida hududlarni kompleks rivojlantiriş asosida aholi punktlarini muvozanatli rejalaştirişni belgilaş taklif etilmoqda.
Deputat Odiljon Mamadaliyev qonun loyihasi urbanizatsiyani boşqariş samaradorligini oşiriş, hududlarni mutanosib rivojlantiriş, idoralararo hamkorlikni mustahkamlaş hamda aholi uçun qulay va ekologik jihatdan barqaror muhitni şakllantirişga qaratilganini ta’kidladi. Fraksiya hujjatni qöllab-quvvatladi.
Yiğiliş yakunida kun tartibidagi masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.