Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futzal federatsiyasi va Portugaliyaning “Benfika” klubi mamlakatda futzal akademiyasini taşkil etiş hamda yoş öyinçilarni tayyorlaş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Portugaliyaga işçi taşrifi doirasida Lissabon klubining boş qarorgohida bölib, uning vitse-prezidenti Tomaş Barrozu bilan uçraşdi.
Tomonlar ikki mamlakat futzal klublari örtasidagi hamkorlikni amaliy jihatdan rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Jumladan, tajriba almaşiş, qöşma öquv-maşğulot yiğinlarini taşkil etiş va özbekistonlik murabbiylarning Yevropa klublarida malakasini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri Özbekistonda zamonaviy futzal akademiyasini taşkil etiş böldi. Akademiyani yölga qöyişda “Benfika” klubi tajribasi va Portugaliyadagi öyinçilarni tayyorlaş tizimidan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Bunda yoş iqtidorlarni aniqlaş, saralaş va ularni kelgusida professional darajada öynaşga tayyorlaşga alohida e’tibor qaratiladi.
Loyiha yoş futzalçilarni tizimli tayyorlaş, murabbiylik metodikalarini takomillaştiriş va öyinçilarni öqitişda Yevropa tajribasini hisobga olgan holda zamonaviy yondaşuvlarni joriy etişni nazarda tutadi.
Muzokaralar davomida tomonlar “Benfika” mutaxassislarining Özbekistonga javob taşrifini taşkil etişga ham kelişib oldi.
Taşrif davomida istiqbolli yoş sportçilarni saralaş, ularning öyin mahoratini oşiriş va Portugaliya klublarida amaliy tajriba orttiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş rejalaştirilgan.
Kutilişiça, hamkorlik Özbekiston va Portugaliya örtasida professional tajriba almaşişni kengaytiriş hamda yoş futzalçilarni tayyorlaş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.