Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik Bobur Toshtemirov paravelosport bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqib, Paraosiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi va musobaqa rekordini o‘rnatdi.
Velotrekda 3 kilometr masofaga erkaklar o‘rtasidagi individual taʼqib poygasining finalida u Janubiy Koreya vakilini ortda qoldirib, 3 daqiqa 51,977 soniya natija qayd etdi.
Ushbu g‘alaba O‘zbekiston vakillari Paraosiyo o‘yinlarida paravelosport bo‘yicha ilk bor oltin medalga sazovor bo‘lgan tarixiy natija bo‘ldi.
Bundan tashqari, Toshtemirov joriy o‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasiga birinchi oltin medalni keltirdi.