Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 17 oktyabr kuni Bag‘dod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Umon tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari shayx Xalifa bilan uchrashdi. Muzokaralar Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 52-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Umon o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda ularni yana-da rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Asosiy eʼtibor siyosiy muloqotni kengaytirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratildi.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, O‘zbekiston va Umonning Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildi.