Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekinvest” suğurta kompaniyasi kuzatuv kengaşi tarkibini yangiladi. Bu haqdagi ma’lumot 14 oktyabr kuni Korporativ axborotning yagona portalida e’lon qilindi.
Kuzatuv kengaşi raisi etib Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat banklari va aktivlarini transformatsiya qiliş hamda xususiylaştiriş departamentini boşqaruvçi Jamşid Abduşukurov tayinlandi.
Rais örinbosari lavozimini Marex Financial kompaniyasining CEEMEA mintaqasidagi rivojlanayotgan bozorlarni kreditlaş guruji ijroçi direktori Işil Çaglayan egalladi.
Kuzatuv kengaşi tarkibiga, şuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat aktivlarini xususiylaştiriş va muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği Baxtiyorjon Rajabov, davlat-xususiy şeriklik loyihalarini monitoring qiliş departamenti boş mutaxassisi Ötkirjon Tajimatov hamda Franklin Templeton Asset Management investitsiya guruhi mutaxassisi Nozanin Ğulomova kiritildi.
Kengaşning mustaqil a’zolari etib SynFiny Advisors mintaqaviy hamkori va Kompass Directors Uzbekistan boşqaruvçi hamkori Sayyora Ayupova, şuningdek, özgarişlarni boşqariş va loyihalarni amalga oşiriş böyiça mutaxassis Forih Şamsiyev tayinlandi.