Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 27-oktabr kuni Toşkent şahrida “Mintaqaviylaşuv jarayonlari: Markaziy Osiyo va Yevropa tajribasi, mintaqalararo hamkorlik va özaro boğliqlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Global Neighbours taşkiloti tomonidan taşkil etildi.
Tadbir Markaziy Osiyo va Yevropaning ekspertlik va tadqiqot tuzilmalari vakillarini birlaştirdi. U “Tracks to the Future” forumi doirasida bölib ötdi. Mazkur forum yönalişi tarixiy Buyuk Ipak yöli böylab ötib, Yevropa va Osiyo örtasidagi transport aloqalarining ahamiyatini aks ettiradi.
Ma’lumot uçun: Global Neighbours — 2022-yilda Vena şahrida tadbirkor Yovanka Porşe tomonidan Avstriyaning sobiq federal kansleri Kristian Kern va Germaniyaning sobiq vitse-kansleri Filipp Rösler bilan birgalikda taşkil etilgan xalqaro tahliliy markaz. Markaz xalqaro muloqot va diplomatiya masalalariga ixtisoslaşgan.
Muhokamalar markazidan mintaqaviy integratsiya, Yevropa tajribasini Markaziy Osiyo şaroitlariga moslaştiriş, transport koridorlarini rivojlantiriş, energetika sohasidagi hamkorlik, investitsiyalarni jalb etiş va raqamli özaro boğliqlikni mustahkamlaş masalalari örin oldi.
Davra suhbatining oçilişida sözga çiqqan SMTI direktorining örinbosari Baxtiyor Mustafayev jahon iqtisodiyotining parçalanişi, köp tomonlama institutlarning zaiflaşuvi va işlab çiqariş zanjirlarining qayta şakllanişi mintaqaviy hamkorlikning ahamiyatini oşirayotganini ta’kidladi. Uning qayd etişiça, aynan şu turdagi şeriklik davlatlarga umumiy muammolarga amaliy yeçimlarni tobora köproq birgalikda topiş imkonini bermoqda.
Ekspert Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Markaziy Osiyoda yuz bergan ijobiy özgarişlarga e’tibor qaratdi. Davlat rahbarlari örtasida muntazam muloqot yölga qöyildi, köp yillik çegara masalalari hal etildi, yangi ötkaziş punktlari oçildi, özaro savdo va investitsiyalar hajmi oşdi. Mintaqaviy hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlaşga “Markaziy Osiyo – 2040” mintaqaviy kooperatsiyani rivojlantiriş konsepsiyasi ham xizmat qilmoqda.
Şu bilan birga, B. Mustafayev ta’kidlaganidek, mintaqaviy hamkorlik teng huquqlilik, özaro hurmat va har bir mamlakat manfaatlarini hisobga oliş tamoyillariga asoslanadi, çunki Markaziy Osiyo davlatlari milliy davlatlar ustidan turuvçi tuzilmalarni taşkil etişni maqsad qilmagan.
Bunda mintaqaning mustaqil subyekt sifatidagi salohiyatini va strategik avtonomiyasini mustahkamlaş, ayni paytda taşqi hamkorlar uçun oçiqlikni saqlab qoliş ustuvor vazifa hisoblanadi.
Markaziy Osiyoning taşqi hamkorlari orasida Yevropa Ittifoqi alohida örin tutadi. 2025-yil aprel oyida Samarqandda bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammiti strategik şeriklikka asos soldi. Yevropa tomoni Global Gateway taşabbusi doirasida umumiy qiymati 12 milliard yevro bölgan investitsiya paketini e’lon qildi. Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasidagi Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim ham hamkorlikni rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratmoqda.
Şu munosabat bilan B. Mustafayev keyingi muhokamalar uçun ikkita asosiy masalani ajratib körsatdi.
Birinçidan, SMTI vakilining fikriça, Yevropaning mintaqaviy hamkorlik tajribasidagi qaysi jihatlarni Markaziy Osiyo şaroitlariga moslaştiriş mumkinligini aniqlaş zarur. Bunda mintaqaning öziga xos xususiyatlarini hisobga oliş, suverenitet, teng huquqlilik va özaro işonçni izçil mustahkamlaş tamoyillariga amal qiliş muhimdir.
Ikkinçidan, SMTI direktorining örinbosari fikriça, özaro boğliqlikni mintaqalararo hamkorlikning amaliy harakatlantiruvçi kuçiga aylantiriş lozim. Bu Transkaspiy transport koridorini rivojlantiriş, energetika loyihalarini amalga oşiriş, ta’lim dasturlarini kengaytiriş, raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, şuningdek, muhim xomaşyo resurslari sohasidagi hamkorlikni yölga qöyiş va qöşilgan qiymatni bevosita Markaziy Osiyoda yaratişni nazarda tutadi.