O‘zbekiston

Qutqaruvchilar Katta Chimyon tog‘laridan yetti kishini olib chiqdi

Qutqaruvchilar Katta Chimyon tog‘laridan yetti kishini olib chiqdi
Qutqaruvchilar Katta Chimyon tog‘laridan yetti kishini olib chiqdi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘larida adashib qolgan yetti nafar fuqaroga yordam ko‘rsatdi.

Soat 13:26 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali tog‘da sayr qilish uchun yo‘lga chiqqan bir guruh odam mustaqil ravishda pastga tusha olmayotgani haqida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borib, adashib qolgan fuqarolarni topdilar va ularni xavfsiz joyga olib chiqdilar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.