Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» sayyohlik ko‘chasida maxsus tozalash mashinalari ishlay boshladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Zamonaviy texnika avtomobil yo‘llari, veloyo‘laklar va piyodalar yo‘laklarini tozalash hamda yuvish uchun mo‘ljallangan. Mashinalardan suv sepish uchun ham foydalanilmoqda.
Hokimlikda taʼkidlanishicha, ixtisoslashtirilgan texnikalardan foydalanish ko‘chaning sanitariya holatini yaxshilash, shuningdek, avtomobil yo‘llari, veloyo‘laklar va piyodalar hududlarini toza hamda tegishli holatda saqlash imkonini beradi.