Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida Volvo yuk maşinasidan tovar-transport hujjatlarida körsatilmagan 1 245,5 kg sirka kislotasi angidridi aniqlandi.
Prekursorlarni Qozoğiston fuqarosi taşiyotgan bölgan. Bu haqda Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Tezkor tadbir DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari va bojxona organlari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Yuk maşinasi Qozoğistondan Özbekiston orqali tranzit tarzda Tojikistonga yöl olgan. Taşiş uçun maxsus ruxsatnoma talab etiladigan sirka kislotasi angidridi 47 ta polimer idişga joylangan bölgan.
Qoidabuzarlik “Sariosiyo” çegara bojxona postida aniqlandi. Ayni paytda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni şunga öxşaş qoidabuzarliklar haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişga çaqirdi. Idora murojaat qiluvçilarning şaxsi sir saqlanişini kafolatladi.