Özbekiston

Özbekistonda 169 ta yerosti uçastkasi 446 mlrd sömga sotildi

Özbekistonda 169 ta yerosti uçastkasi 446 mlrd sömga sotildi
Özbekistonda 169 ta yerosti uçastkasi 446 mlrd sömga sotildi / Foto: Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda 2026 yil yanvar–oktyabr oylarida onlayn-auksionlar orqali jami 446 mlrd sömlik 169 ta kon va istiqbolli yerosti uçastkasi sotildi. Uşbu davrda savdoga jami 303 ta obyekt çiqarilgan.

Bu ma’lumotlarni Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda «Yer qa’ridan foydalaniş markazi» davlat muassasasi vakillari yer qa’ridan foydalaniş sohasidagi islohotlarga bağişlangan matbuot anjumanida taqdim etdi.

Yilning dastlabki ön oyida yer qa’ridan foydalaniş huquqi uçun 432 ta ruxsatnoma rasmiylaştirildi. Yana 50 ta ruxsatnoma foydali qazilmalarni qöl mehnati usulida qazib oliş uçun berildi. Geologiya loyihalari va texnik-iqtisodiy hujjatlar böyiça 331 ta ekspert xulosasi tayyorlandi.

Bundan taşqari, 42 ming gektar yer sanoat yerlari toifasiga ötkazilib, doimiy foydalaniş huquqi asosida Yer qa’ridan foydalaniş markaziga berildi.

Davlat kadastrlarining yagona tizimiga 2 427 ta kon va istiqbolli uçastka haqidagi ma’lumotlar kiritildi. Şuningdek, yerlardan şaharsozlik va boşqa qişloq xöjaligiga möljallanmagan maqsadlarda foydalaniş hamda quriliş işlari böyiça 20 mingta xulosa berildi.

Xalqaro standartlarni joriy etiş doirasida 84 ta xorijiy va xalqaro standart davlat tiliga tarjima qilinib, Standartlar institutiga topşirildi. Hisobot davrida geologik hisobotlar va ma’lumotlarni taqdim etiş böyiça 1 908 ta xizmat körsatildi, şuningdek, 125 ta kon qayta xatlovdan ötkazildi.

Front Office tizimi orqali 169 ta tadbirkorlik subyektiga amaliy yordam körsatildi. Koll-markazning 1356 qisqa raqamiga 743 ta murojaat kelib tuşdi va ular yuzasidan murojaat etuvçilarga javoblar berildi.

Raqamlaştiriş sohasida Geomonitoring axborot tizimi takomillaştirildi. Bundan taşqari, auksionlar yakunlariga köra ayrim turdagi foydali qazilmalarni qazib oliş uçun ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş Geomonitoring tizimi bilan integratsiya qilingan licenses.uz platformasi orqali amalga oşiriladigan böldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.