O‘zbekiston

O‘zbekiston va Quvayt TIVlari siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Quvayt TIVlari siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi
O‘zbekiston va Quvayt TIVlari siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Quvayt Tashqi ishlar vazirliklari 2026 yil 29 sentyabr kuni videokonferensiya formatida siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev boshchilik qildi. Quvayt tomonidan esa Quvayt Davlatining tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Osiyo masalalari bo‘yicha masʼul Navvaf Abdullatif al-Ahmad ishtirok etdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash bo‘ldi. Tomonlar, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Diplomatlar Toshkent va Al-Quvaytning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratdi.

Bundan tashqari, maslahatlashuvlar ishtirokchilari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.