Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Misr biznes-forum va yangi loyihalarni tayyorlamoqda

O‘zbekiston va Misr biznes-forum va yangi loyihalarni tayyorlamoqda
O‘zbekiston va Misr biznes-forum va yangi loyihalarni tayyorlamoqda / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Misr Misr biznes-delegatsiyasining 2026 yil oxiriga rejalashtirilgan O‘zbekistonga tashrifini tayyorlash masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv Istanbul shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Jamil Maksudiy, Misrning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi savdo konsuli, muxtor vazir Ali Muhammad Bash va Misrning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Hanan Bashariy ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar asosiy eʼtiborni bo‘lajak tashrifning mazmunli qismiga qaratdi. Jumladan, tashrifning ishbilarmonlik dasturidagi asosiy tadbir bo‘lishi kutilayotgan O‘zbekiston–Misr biznes-forumini o‘tkazishga tayyorgarlik, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlik vakillari o‘rtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokara ishtirokchilari infratuzilma, to‘qimachilik sanoati, turizm, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Misr ishbilarmon doiralari kengashini tashkil etish masalasi alohida muhokama qilindi. Mazkur tashabbus ikki davlat tadbirkorlik hamjamiyatlari vakillari o‘rtasida muntazam hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Misr delegatsiyasining bo‘lajak tashrifi va biznes-forumga tayyorgarlik jarayonini muvofiqlashtirishni davom ettirish, shuningdek, bildirilgan tashabbuslarni aniq loyihalarga aylantirish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.