Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Qirg‘iziston amaldagi “Do‘stlik” punktidan maydoni va o‘tkazuvchanlik imkoniyatlari ikki baravar katta bo‘lgan yangi “Keskanyor” chegara punktini ochishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda maʼlum qilindi.
Yangi chegara punkti loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqish va uni qurishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
“Keskanyor” punkti ishga tushirilishi yuk tashish hajmini 2–3 baravar oshirish, shuningdek, yuklarning chegaradan o‘tish muddatini taxminan bir haftaga qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda.