Özbekiston

Özbekiston Hisob palatasi CASAI dasturida iştirok etiş masalasini muhokama qildi

Özbekiston Hisob palatasi CASAI dasturida iştirok etiş masalasini muhokama qildi
Özbekiston Hisob palatasi CASAI dasturida iştirok etiş masalasini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Hisob palatasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Hisob palatasi Şveysariya vakillari bilan Markaziy Osiyodagi oliy audit organlarini rivojlantirişga qaratilgan CASAI mintaqaviy dasturida iştirok etiş masalasini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Hisob palatasi xabar berdi.

Uçraşuvda Şveysariya Iqtisodiy masalalar böyiça davlat kotibiyati (SECO) dasturi menejeri Ronald Gindrat hamda Şveysariya elçixonasi hamkorlik bölimi rahbari örinbosari Ursula Keller Alassavi iştirok etdi.

Şveysariya tomoni Özbekiston Hisob palatasini 2026–2029 yillarga möljallangan CASAI dasturiga qöşilişga taklif qildi. Dasturning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari oliy audit organlarining institutsional va kasbiy salohiyatini mustahkamlaşdan iborat.

Dasturda iştirok etiş Hisob palatasiga xalqaro metodologiyadan foydalangan holda öz faoliyatini mustaqil baholaş imkonini beradi.

Bundan taşqari, idora xorijiy hamkasblari kömagida strategik maqsadlarga erişiş ustida işlaşi hamda tajriba almaşişga qaratilgan mintaqaviy tadbirlarda iştirok etişi mumkin.

Şveysariya vakillari, şuningdek, Özbekiston Hisob palatasining raqamlaştiriş sohasidagi yutuqlarini alohida qayd etdi. Ular idoraga töplangan tajribani mintaqaning boşqa mamlakatlaridagi hamkasblari bilan bölişişni taklif qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.