Özbekiston

Andijonda bank xodimi 3,2 mlrd sömni özlaştirdi

Andijonda bank xodimi 3,2 mlrd sömni özlaştirdi
Andijonda bank xodimi 3,2 mlrd sömni özlaştirdi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijondagi banklardan birining xodimi mijozlar hisoblaridan 3,2 mlrd sömdan ortiq mablağni özlaştirib, uşbu pullarni 1xBet onlayn öyinlarida boy bergan.

Bu haqda Andijon şahri Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tergov bölinmasi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga köra, bank xodimi xalqaro pul ötkazmalari uçun möljallangan hisoblar bilan işlaşga mas’ul bölgan.

U xizmat mavqeidan foydalanib, mijozlar mablağlarini özining xalqaro bank kartasiga ötkazib kelgan.

Tergov davomida aniqlanişiça, xodim özlaştirgan pullarni 1xBet platformasidagi qimor öyinlariga sarflagan. Yetkazilgan zarar taxminan 250 ming dollarga baholanmoqda.

Unga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi. Ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

Tergov harakatlari yakunlanganidan söng jinoyat işi materiallari sudga yuborildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.