Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda davlat ta’lim va tibbiyot muassasalari hududidagi yaşil maydonlar va boşqa yer uçastkalarini xususiylaştirişni taqiqlaş rejalaştirilmoqda. Bu masala böyiça qonun loyihasini 2027 yil 20 yanvarga qadar tayyorlaş topşirilgan.
Tegişli çora-tadbirlar Prezident Şavkat Mirziyoyevning 10 noyabrdagi inson qadr-qimmati va şa’nini yuksaltirişga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oşiriş töğrisidagi farmonida nazarda tutilgan. Bu haqda Spot.uz xabar bermoqda.
Dasturlarning ustuvor yönalişlaridan biri suv resurslaridan foydalaniş va atrof-muhitni muhofaza qilişga yondaşuvlarni özgartirişdan iborat böladi. 2026 yil oxiriga qadar mamlakatdagi barça ekin maydonlarida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş böyiça qaror loyihasini işlab çiqiş topşirilgan.
Hujjatda qişloq xöjaligida suv tejovçi yeçimlarni keng joriy etiş böyiça beş yillik manzilli dastur nazarda tutilişi kerak. Şuningdek, bunday texnologiyalarni joriy etiş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş va subsidiyalar tölaş tartibini soddalaştiriş rejalaştirilmoqda.
Imtiyozlardan beş yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelayotgan fermerlar uçun suv tejaş tizimlarini tiklaşga qaratilgan alohida qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanadi.
Bundan taşqari, uşbu sohada amaldagi subsidiyalarning samaradorligini baholaş rejalaştirilgan. Natijadorligi past bölgan mexanizmlar örniga istiqbolliroq yeçimlar joriy etilişi közda tutilgan.
Subsidiyalar hisobidan örnatilgan suv tejovçi tizimlardan foydalaniş ustidan nazorat kuçaytiriladi. Şuningdek, uşbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning malakasini oşiriş çoralari ham nazarda tutilgan.
Alohida topşiriqlar şaharlar va tuman markazlarini kökalamzorlaştirişga taalluqli. Toşkent şahri va viloyatlar hokimliklari, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi kökalamzorlaştiriş darajasini 30 foizga yetkaziş böyiça çoralar körişi lozim.
Bundan taşqari, umummilliy «Yaşil makon» loyihasini yangi bosqiçga olib çiqiş vazifasi qöyilgan.