Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Senati belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarni joylaştirişga yöl qöyganlik uçun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvçi qonunni ma’qulladi.
Hujjat parlament yuqori palatasining 21-yalpi majlisida körib çiqildi. U qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarga aholini köçirib kiritişning oldini olişga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritişni nazarda tutadi.
Qonunga muvofiq, belgilangan tartibda foydalanişga qabul qiliş jarayonidan ötmagan binolarga fuqarolarni köçirib kiritişga yöl qöygan buyurtmaçi va pudratçining mas’ul hamda mansabdor şaxslari uçun javobgarlik belgilanadi.
Bundan taşqari, Şaharsozlik kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlar buyurtmaçilar va pudratçilar zimmasiga bunday uylar rasman foydalanişga topşirilguniga qadar ularga aholini joylaştirişga yöl qöymaslik çoralarini köriş majburiyatini yuklaydi.
Muhokama davomida senatorlar yangi normalar uy-joy munosabatlarini tartibga soliş va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilganini ta’kidladilar.
Qonunning maqsadlari qatorida fuqarolarning uy-joyga bölgan huquqini ta’minlaş va xususiy mulk daxlsizligini himoya qiliş ham qayd etilgan.