Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 12 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,4 million tonna xom paxta terib olindi. Bu belgilangan 4,5 million tonna shartnomaviy ko‘rsatkichning 76 foizini tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.
Jami hosilning 2,6 million tonnasi paxta terish mashinalari yordamida, yana 848 ming tonnasi esa qo‘lda terib olingan. Shunday qilib, terimning qariyb 75 foizi mexanizatsiyalashgan usulda amalga oshirilgan.
Qo‘lda terilgan paxtaning 174 ming tonnasi dala chetlariga to‘g‘ri keladi. Bu hududlarda qo‘lda terim o‘tkazish texnikaning burilishi va ishlashi uchun maydonlarni tayyorlash imkonini beradi. Yana 674 ming tonna paxta fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar ishchilari tomonidan mashinalar kira olmaydigan kichik maydonlardan terib olingan. Kelgusida bunday maydonlar hajmini kengaytirish rejalashtirilgan.
Paxta yig‘im-terimiga yuqori unumdorlikka ega qariyb 3 mingta paxta terish mashinasi jalb qilingan. Bundan tashqari, joriy yilda fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga lizing asosida paxta terish uchun mo‘ljallangan 1 mingdan ortiq zamonaviy mashina topshirilgan.
Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 12 oktyabr kuni paxta terish texnikasi yordamida 147 ming tonna xom paxta yig‘ib olingan. Bir mashina hisobiga bir kunda o‘rtacha 50 tonna hosil to‘g‘ri kelgan.
Yig‘im-terim kampaniyasi davom etmoqda. Belgilangan 4,5 million tonna shartnomaviy ko‘rsatkichga erishish uchun yana qariyb 1,1 million tonna xom paxta terib olinishi kerak.