O‘zbekiston

Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çoralarni e’lon qildi

Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çoralarni e’lon qildi
Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi çoralarni e’lon qildi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Davlatimiz rahbari ularni yaqinlaşib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, mehnati uçun minnatdorlik bildirdi.

Oilasining baxtini köriş, halol mehnat qilib, orzulariga yetiş, umrini mazmunli ötkaziş uçun odamga, avvalo, soğliq kerak. Şu bois, inson salomatligini asraşni islohotlarimizning eng muhim yönalişlaridan biri etib belgilaganmiz,– dedi Prezidentimiz.

Sönggi ön yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşdi, 58 ming şifo örni yaratildi. Zamonaviy şifoxonalar köpayib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşdi.

Ilgari çet elda amalga oşirilgan tuğma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.

Prezidentimiz bu natijalarda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvçi örin tutayotganini qayd etdi.

Tibbiyotni raqamlaştiriş böyiça işlar xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olmoqda.

Yaqinda bu tizimni sun’iy intellekt imkoniyatlari bilan yanada boyitib, şifokor va hamşiralarning haqiqiy kömakçisiga aylantiramiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Farmatsevtika tovarlarining 70 foizini içki imkoniyatlar hisobidan qoplaş maqsad qilingan. Şu bois, sönggi yillarda 1 milliard dollarlik 330 ta yangi quvvat işga tuşirildi.

“Toşkent biofarm siti” klasteri, Andijon, Namangan, Jizzax va Toşkent viloyatida farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari taşkil etildi. Ularda 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi.

Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor.

Uçraşuvda mamlakatimiz yetakçisi davlat mukofotlarini öz egalariga tantanali ravişda topşirdi.

Inson salomatligini asraş, ilğor ilmiy işlanmalar va davolaş usullarini joriy etişda barçaga örnak bölayotgan tibbiyot xodimlari uçun alohida davlat mukofotini ta’sis etiş taşabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi.

– Doim aytaman, birlamçi böğin qança yaxşi işlasa, xalqimiz şunça soğlom böladi,– dedi Prezidentimiz.

Şu maqsadda 28 ta tumanda birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş böyiça yangi tizim sinovdan ötkazildi. Uşbu tumanlarda 7 million aholi oilaviy şifokorlarga nomma-nom biriktirildi, ikki tomonning vazifa va majburiyatlari özaro bitimda belgilandi.

Yangi laboratoriyalar işga tuşirilib, şifokor va hamşiralar öqitildi, “bemor marşruti” işlab çiqildi. Bu poliklinikalarga aholi işonçini oşirdi. Kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.

Birlamçi böğinda samara bergan uşbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yölga qöyiladi.

Prezidentimiz oşqozon, yöğon içak, prostata bezi va öpka saratonini erta aniqlaş işlari Samarqanddan boşlanib, 2028-yildan barça hududlarda joriy etilişini ma’lum qildi. Bunga yiliga 700 milliard söm ajratiladi.

Qandli diabet, sil, yurak-qon tomir kasalliklari, ayollardagi ösmalar hamda bolalardagi onkogematologik xastaliklarni erta aniqlaş dasturlari ham davom ettiriladi.

Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand va Toşkent şahrida infarkt va insultni erta aniqlaş hamda davolaş dasturi natijasida uşbu kasalliklardan erta ölim beş oyda 15 foizga kamaydi. Kasallik boşlanişidagi “oltin soat”da 855 nafar inson erta ölim va nogironlik asoratlaridan saqlab qolindi. Kelasi yil dasturga 280 milliard söm ajratilib, barça tuman va şaharlar qamrab olinadi.

Aholi uçun kafolatlangan paket ham kengaytiriladi. Kelasi yil bepul dori vositalari turi 73 taga, tibbiy tekşiruvlar turi 36 taga yetkaziladi.

Davlatimiz rahbari sohada ta’lim, quriliş va sanitariya-gigiyena, bemorlar xavfsizligi hamda xodimlar madaniyatini qamrab oladigan “Yangi Özbekiston tibbiyot standartlari” joriy etilişini ma’lum qildi.

Har qanday inson poliklinikaga kirganda, avvalo, ozodalikni, tartibni, madaniyatni körişi kerak,– dedi Prezidentimiz.

Şu bois, birlamçi böğin tibbiyot xodimlari bosqiçma-bosqiç maxsus kiyim-boş bilan bepul ta’minlanadi.

Joriy yil ilk bor tuman böğinidagi eng yaxşi şifokor va hamşira nominatsiyalari böyiça viloyat tanlovlari ötkazilmoqda. Ğoliblar 30 million sömdan mukofotlanadi.

Kelasi yil rağbat yanada kuçaytiriladi: viloyat bosqiçida ğolib bölgan 14 nafar şifokor elektromobil bilan taqdirlanadi. Soğlom turmuş tarzini tarğib qiladigan eng yaxşi önta loyiha muallifiga 200 million sömdan grant beriladi.

Qança zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng sönggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bölmaydi,– dedi Prezidentimiz.

Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming şifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvçilarning hammasi ham işga kirgan birinçi kundan bemor bilan işlaşga tayyor emas.

Boşqa sohada yoş xodim xato qilişi mumkin, ammo bölğusi şifokorning bunga haqqi yöq. Çunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,– dedi davlatimiz rahbari.

Şu bois, kadrlar tayyorlaş klinik amaliyot bilan boğlanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uç kun bemor bilan işlaşni örganadi, bitiruvçilar esa oxirgi öquv yilida töliq tibbiyot muassasasida amaliyot ötaydi.

Bakalavriatni bitirgan hamşira va tibbiyot oğasiga 1,5 million söm, magistraturani tugatganlarga 2,5 million söm qöşimça ustama tölanadi. Oilaviy şifokorlik böyiça tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million söm böladi.

Kun sayin tibbiyotga yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolaş usullari kirib kelmoqda.

Tibbiyot xodimlari doim öz ustida işlaşi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak! – dedi Prezidentimiz.

Şu bois, xodimlar malakasini oşirişga xususiy sektor faol jalb etiladi. Tibbiyot xodimlari qayerda malaka oşirişni özlari mustaqil tanlaydi.

Birlamçi böğin va tumanlardagi xodimlarning malaka oşiriş xarajatlari töliq qoplanadi. Mazkur xarajatlarni davlat öz zimmasiga oladi.

Natijada tumanlarda işlaydigan 130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard söm mablaği özida qoladi.

Aholi salomatligi bilan boğliq sohada aniq tartib, qat’iy nazorat bölişi, bu faoliyat bilan faqat professionallar şuğullanişi kerak,– dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş tizimiga uzoq tayyorgarlik körildi, ilğor tajribalar örganildi. Tizim kelasi yil 1-iyuldan yölga qöyiladi.

Dastlabki bosqiçda davlat röyxatidan ötiş ixtiyoriy böladi. 2030-yildan esa bu tartib majburiy tus oladi.

Röyxatdan ötgan şifokor va farmatsevtlarning iş haqiga 7 million sömdan, hamşiralarga 3,5 million sömdan ustama tölanadi.

Mutasaddilarga sohada ta’lim sifati, kadrlar tayyorlaş va malaka oşiriş tizimining uzluksiz işlaşini ta’minlaş topşirildi.

Prezidentimiz xususiy klinikalar soni 2017-yildagi 3,5 mingtadan 9 mingtadan ortiqqa yetganini qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda xususiy sektor oldinga ötdi: uning uluşi stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni taşkil etmoqda.

Şu bilan birga, hududlar örtasida katta tafovut saqlanib qolmoqda. Andijon, Farğona, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida xususiy klinikalarning 35-40 foizi statsionar örinlarga ega. Qoraqalpoğiston, Sirdaryo, Jizzax va Navoiyda bu körsatkiç 15 foizga ham yetmaydi.

Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tuğuruq komplekslari kabi talab yuqori yönalişlarda xususiy sektor iştiroki kutilgan darajada emas. Uşbu yönalişlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Hokimlar har yili xususiy klinikalar uçun yer uçastkalarini belgilab, e’lon qiladi. Yerlar faqat şu maqsadda auksionga çiqariladi va qulay şartlarda taklif etiladi.

Aholi soni ortib, yangi şahar va massivlar qurilayotgani tibbiyot infratuzilmasini puxta rejalaştirişni talab etmoqda. Bu iş qilinmasa, bir joyda şifoxona yetişmaydi, boşqa joyda mavjud quvvat töliq işlatilmaydi.

Şu bois, endi yangi muassasalar aholi soni va hududlar joylaşuvidan kelib çiqib, master-reja asosida taşkil etiladi,– dedi Prezidentimiz.

Tibbiy xizmatlarni bosqiçma-bosqiç xususiy sektordan xarid qilişga ötiladi. Yangi autsorsing mexanizmlari joriy qilinadi.

Tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni örnatiş uçun davlat şifoxonalaridan joy ajratilib, körsatilgan xizmatlarga suğurta tizimi orqali haq tölanadi. Gemodializ, laboratoriya, sterilizatsiya, reabilitatsiya va fizioterapiya xizmatlari ham tadbirkorlardan xarid qilinadi. Har bir hududda tibbiy xizmatlar bozori va moliyalaştiriş mexanizmlari tadbirkor uçun foydali şartlarda e’lon qilib boriladi.

Prezidentimiz kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qiliş vazifasini qöydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegişli topşiriqlar berildi.

Dunyo tibbiyotida genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolaş imkonsiz bölgan köplab kasalliklarga yeçim topilayotganini qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi mas’uliyatni ham oşiradi.

Inson hayoti va salomatligi bilan boğliq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinçi örinda turişi şart, – dedi davlatimiz rahbari.

Şu bois, bioetika va biotexnologiya sohalari uçun mustahkam huquqiy asos yaratiladi.

Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar böyiça mutaxassislar öqitiladi va genetik tekşiruv joriy etiladi.

Malakali tibbiyot uçun şifokorning özi yetarli emas, yonida yaxlit jamoasi ham kerak,– dedi Prezidentimiz.

Respublika şoşilinç yordam markazidaneyroxirurgiya böyiça katta maktab şakllangani, uning tajribasini hududlarga yetkaziş zarurligi ta’kidlandi.

Buning uçun jarroh, anesteziolog, reanimatolog, assistent va hamşiralardan iborat yaxlit jamoalar joylarga yuboriladi. Ular quyi böğinda tibbiy xizmat sifati va aholi işonçini oşirişga xizmat qiladi.

Bunday jamoalar har bir hududda tibbiyot xodimlarini jipslaştiradigan, bemorlarga malakali yordam körsatadigan guruhlarni tayyorlaşi kerak. Ixtisoslaşgan markazlarning tuman va mahallalarda işlaşi, quyi böğin xodimlarini öqitişi böyiça yangi tizim joriy etiladi.

Tibbiyot guruhlari markazlarga olib kelinib, 3-4 oylik stajirovkadan ötkaziladi. Bu talab qolgan markazlarga ham taalluqli.

Kelasi yildan 26 ta ixtisoslaşgan markaz direktori bilan bir yillik kontrakt asosida işlaşga ötiladi. Har bir direktor sohaga yangilik kiritiş, quyi böğin xodimlari malakasini oşiriş va ilmni amaliyotga joriy qiliş böyiça aniq majburiyat oladi.

Nufuzli xorijiy universitet klinikalaridan mutaxassislar jalb qilinib, markazlardagi kamçiliklar körsatiladi va direktorlarning vazifalari aniq belgilanadi. Direktorlar yil yakunida jamoatçilik oldida hisobot beradi. Iş natijasiga qarab kontrakt uzaytiriladi.

Prezidentimiz respublika, viloyat va tumandagi har bir şifoxona hamda poliklinika faoliyatiga aholining özi baho beradigan mexanizmlarni kelasi yildan joriy etiş vazifasini qöydi.

Har bir şifokor va hamşiraning oyligi KPIga boğlanişi, bunda aholining tibbiy xizmatdan qoniqiş darajasi asosiy mezon bölişi qayd etildi.

Prezidentimiz kelgusi yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yönalişlarda önta sun’iy intellekt tizimi işga tuşirilişini ma’lum qildi.

Bemorni masofadan kuzatiş, nutq orqali kasallikni aniqlaş va dori-darmon xavfsizligini nazorat qiliş böyiça yangi yeçimlar joriy etiladi,– dedi davlatimiz rahbari.

Bu yeçimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalaniş kölamini kengaytiradi. Şifokorlar işida yangi texnologiyalarni qöllaşga e’tibor kuçaytiriladi.

Har bir viloyatda “Eng yaxşi AT operatori” va “Raqamli tibbiyotning eng yaxşi şifokori” tanlovlari ötkaziladi. Ğoliblar 100 million sömdan mukofot oladi.

Mamlakatimizda tibbiyotning turli yönalişlarida şifokorlarning hamjamiyatlari bor.

Prezidentimiz ayrim assotsiatsiyalarda yangilanişga intiliş yetişmayotganini tanqid qildi. Ba’zilariga uzoq yillar bir kişi rahbarlik qilib, boşqalarga yöl oçilmayapti. A’zolarning xorijda malaka oşirişi va ilğor davolaş usullarini joriy etişida assotsiatsiyalar faolroq bölişi kerak.

Yaqinda qabul qilingan farmon bilan assotsiatsiyalarga katta vakolatlar berildi. Endi ularning rahbarlari a’zolar tomonidan köpi bilan ikki-uç yilga saylanadigan tizimga ötiladi.

Öylaymanki, assotsiatsiyalar özining qurultoyini ötkazib, tizimga yangi muhit, “yangi qon” olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada özgariş qilişni boşlasa, ayni muddao böladi,– dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari şifokor mehnatining qadri haqida söz yuritib, ma’rifatparvar alloma Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson soğliğiga xizmat qilgan soha – uluğroqdir” degan sözlarini esladi.

Tizimda kamida 15 yil işlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplaş uçun 50 milliard söm ajratildi. Şu imkoniyat orqali kelasi yil 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga köçib ötadi.

Bu imkoniyat yoş kadrlar uçun ham joriy qilinadi: har yili 500 nafar yoş tibbiyot xodimining ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Kelgusi yildan olis hududlarda işlaydigan barça şifokorlarning oylik qöşimça ustamasi 2 million sömdan 4,5 million sömga oşiriladi. Bunday hududga işga kirgan şifokorga 50 million söm bir martalik rağbat puli ham beriladi.

Xorijiy klinikalarda tajriba töplagan vatandoş şifokorlar mamlakatimiz şifoxonalariga jalb etiladi.

Biz ularni özimizdagi şifoxonalarga olib kelib, Yangi Özbekiston tibbiyotida öz maktabini yaratişiga xizmat qiladigan yangi tizimni yölga qöyamiz, – dedi Prezidentimiz.

Bunday mutaxassislarning oylik iş haqiga 50 million sömgaça ustama tölanadi. Iş joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.

Ularga atrofida kuçli jamoa şakllantiriş, birga işlaydigan şifokor, assistent va hamşiralarni mustaqil tanlaş imkoniyati beriladi. Nufuzli konferensiyalarda qatnaşiş va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almaşiş xarajatlari qoplanadi.

Bu işlar 26 ta ixtisoslaşgan markazdan boşlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili 5-10 nafardan vatandoş şifokorni jalb etişga mas’ul böladi.

Prezidentimiz tibbiyotga katta orzular bilan kirib kelayotgan yoşlarga işonç bildirdi.

Orangizdan kelajakning buyuk şifokorlari, olimlari va kaşfiyotçilari çiqişiga işonaman! Bizning vazifamiz ana şu iqtidorlarni kaşf etiş, ularga işoniş va orzularini röyobga çiqariş uçun imkoniyat yaratişdan iborat,– dedi mamlakatimiz yetakçisi.

Şu maqsadda “Tibbiyot novatorlari” milliy hamjamiyati taşkil etildi. Mazkur platforma talabalar, yoş şifokorlar, olimlar, tajribali ustozlar va xorijdagi vatandoşlarni birlaştiradi.

Uçraşuvda davlatimiz rahbari sözni tibbiyot xodimlariga berib, ularning taklif va taşabbuslarini tingladi. Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni birgalikda röyobga çiqarişga topşiriq berdi.

Men bir narsani sörayman: har bir tibbiyot xodimi öziga savol bersin: “Bugun inson salomatligi uçun keçagidan köra köproq nima qila oldim?”. Agar har birimiz şu savolga javob qidirib işlasak, tibbiyotimizda ham, xalqimizning salomatligida ham katta özgarişlar böladi, – dedi Prezidentimiz uçraşuv yakunida.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.