Iqtisod

Quvasoyda quyoş energiyasida işlaydigan çiroqlar işlab çiqariş kengaytiriladi

Quvasoyda quyoş energiyasida işlaydigan çiroqlar işlab çiqariş kengaytiriladi
Quvasoyda quyoş energiyasida işlaydigan çiroqlar işlab çiqariş kengaytiriladi / Foto: Farğona viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —  Farğona viloyatining Quvasoy şahrida quyoş energiyasida işlaydigan köça çiroqlari işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hududga amalga oşirgan işçi taşrifi davomida Blue Carbon korxonasini rivojlantiriş istiqbollari bilan tanişdi.

Korxona “Bunyodkor” yoşlar sanoat va tadbirkorlik zonasida joylaşgan bölib, quyoş panellari bilan jihozlangan energiya tejamkor köça çiroqlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.

Hozirgi vaqtda korxonada 50 nafardan ortiq yoş işlamoqda. Işlab çiqariş quvvati yiliga 50 ming dona çiroqni taşkil etadi.

Korxona ma’lumotlariga köra, elektr energiyasi iste’molini kamaytiriş va muqobil energiya manbalaridan foydalaniş imkoniyati tufayli içki bozorda bunday mahsulotlarga talab ortib bormoqda.

Taşrif davomida Xayrullo Bozorov işlab çiqariş jarayonlari va kompaniyaning rejalari bilan tanişdi. Jumladan, mahsulot işlab çiqariş hajmini oşiriş, turlarini kengaytiriş, yangi texnologiyalarni joriy etiş va qöşimça iş örinlarini yaratiş masalalari körib çiqilmoqda.

Viloyat rahbari korxonani yana-da rivojlantiriş, energiya tejamkor mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş va yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş muhimligini ta’kidladi.

Işlab çiqarişni kengaytirişning aniq muddatlari va qöşimça investitsiyalar hajmi ma’lum qilinmagan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.