Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6-noyabr kunlari amaliy taşrif bilan Ostona şahrida böladi.
Davlatimiz rahbari sun’iy intellekt sohasida xavfsizlikni ta’minlaş, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda işlatilişiga qarşi kuraşiş, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarişda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga bağişlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvida iştirok etadi.
Aqaba jarayoni 2015-yilda Podşoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbus bölib, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişda xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda xavfsizlikni ta’minlaş sohasida tajriba almaşiş va qöşma sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga qaratilgan.